Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yandex yosh AyTi mutaxassislari uchun Young Con festivalini o‘tkazadi

Yandex yosh AyTi mutaxassislari uchun Young Con festivalini o‘tkazadi

Foto: 4PDA

Yandex kompaniyasi talabalar va AyTi sohasiga qiziqqan yosh mutaxassislar uchun Young Con festivalini e’lon qildi. Ular tadbirda shaxsan yoki onlayn tarzda bepul ishtirok etishlari, shuningdek, kompaniya jamoasi va texnologiyalari bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Va intiluvchan mutaxassislar sinov suhbatidan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Festivalda onlayn tarzda ishtirok etish uchun Young Con veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak, shaxsan ishtirok etish uchun esa motivatsion xat yozish yoki test topshirig‘ini bajarish kerak bo‘ladi. Tadbirda texnik sohalarning eng yaxshi 400 nafar vakili ekspress intervyudan o‘tishlari mumkin. Young Con 27-iyun kuni Live Arenada bo‘lib o‘tadi. Ushbu havola orqali festival dasturini ko‘rishingiz va anketani to‘ldirishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring