Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Virgin Orbit aerokosmik kompaniyasi faoliyatini to‘xtatadi

Virgin Orbit aerokosmik kompaniyasi faoliyatini to‘xtatadi

Foto: Virgin Orbit

Britaniyalik milliarder Richard Brenson bilan bog‘liq Virgin Orbit Holdings Inc. kompaniyasi noma’lum muddatga faoliyatini to‘xtatmoqda. Bunda yuqori texnologiyalar sohasidagi ko‘plab startaplarni falajlab qo‘ygan moliyaviy inqirozning ta’siri katta bo‘ldi.

Payshanba kuni kompaniya 675 ta ish o‘rni (85 foiz) qisqartirilishini e’lon qildi.

Hammasi 2023-yilning yanvar oyida Britaniyada raketa parvozi muvaffaqiyatsizlikka uchrashidan boshlandi. Kompaniyani yangi fazolarga olib chiqishi kutilgan ushbu voqea aslida uning inqiroziga olib keldi.

Brenson imperiyasining Virgin Atlantic va Virgin Galactic singari yo‘nalishlari ham daromad keltirmadi. Virgin Orbit aksiyalari esa Nyu-Yorkdagi kengaytirilgan savdolarda 45 foiz qulab 19 sentni tashkil etmoqda. Solishtirish uchun: bir yil avval aksiya narxi 7 dollardan qimmatroq edi.

Bloomberg manbalariga ko‘ra, Virgin Orbit hanuz biznesni to‘liq yoki bo‘laklab sotish fikridan qaytmagan. Kompaniya faoliyatini 2017-yilda boshlagan, 2021-yilda aksiyalari ochiq savdoga chiqarilgan edi. Virgin Orbit faoliyati kichik yo‘ldoshlarni Yer orbitasiga olib chiqishga qaratilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring