Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazir Mobiuzning Termizdagi xizmat ko‘rsatish markazida bo‘ldi

Vazir Mobiuzning Termizdagi xizmat ko‘rsatish markazida bo‘ldi

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Mobiuz mobil aloqa operatorining Termiz shahridagi xizmat ko‘rsatish markazida bo‘lib, u yerda mijozlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Mobil aloqa operatori tomonidan bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 262 ta obyektda 1 058 ta mobil aloqa baza stansiyasi ishga tushirilgan bo‘lib, viloyatdagi 350 mingdan ortiq mijozlarga mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Sherzod Shermatov bu yerda yaqinda joriy etilgan mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini ko‘chirish xizmati (MNP) faoliyati bilan qiziqdi. Mazkur xizmat mobil aloqa operatorlari o‘rtasida raqobatni rivjlantirishga hamda aloqa operatorlari tomonidan xizmat sifatini yaxshilashga mas’uliyat bilan yondashishga undashini ta’kidladi.

Shu bilan birga, viloyatning olis hududlarida yashovchi aholi uchun ham xizmat sifatlarini yaxshilash, yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring