Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazir IT Park Namangan viloyati filiali qurilish loyihasi va IT school faoliyati bilan tanishdi

Vazir IT Park Namangan viloyati filiali qurilish loyihasi va IT school faoliyati bilan tanishdi

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Namangan viloyatiga tashrif doirasida  IT Park Namangan viloyati filiali qurilish loyihasi va IT school faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tanishuv jarayonida filialda ishlarni tizimli amalga oshirish, viloyatda IT eksport hajmini yo‘lga qo‘yish, yoshlarga munosib ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, BPO va KPO xizmatlar yo‘nalishida markazlar faoliyatini ham tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, IT school faoliyati bilan tanishilib, yoshlar bilan suhbat qurildi. Suhbat davomida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar o‘rganib chiqilib, yoshlarning takliflari tinglandi.

Ma’lumot uchun: ushbu markazda hozirgi kunda 10 xil yo‘nalishda umumiy hisobda 170 nafar o‘g‘il-qiz va 45 nafar imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar tahsil olib kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring