Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Raqamli texnologiyalar vaziri va Aloqabank raisi IT-Park eksportchi rezidentlari bilan uchrashdi

Raqamli texnologiyalar vaziri va Aloqabank raisi IT-Park eksportchi rezidentlari bilan uchrashdi

Digital.uz

12 may kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Aloqabank raisi Kammuna Irisbekova IT-Park rezidentlari hisoblanuvchi eksportchi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida rezidentlar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, ularning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlari bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Shuningdek, vazir Sh.Shermatov IT-eksportni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladigan masalalarni, shu jumladan, ichki va xalqaro kredit hisob-kitob munosabatlarida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq ayrim tushunmovchiliklarni tingladi.

Yig‘ilish yakunida yig‘ilish ishtirokchilarini qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha yechim topildi hamda Aloqabankda IT-eksport qiluvchi IT Park rezidentlariga alohida xizmat ko‘rsatuvchi mas’ullar belgilab berildi.

Davlatimiz rahbari topshiriqlariga ko‘ra, eksportchi kompaniyalar bilan har qanday masalalarda shu kabi ochiq va tezkor uchrashuvlar O‘zbekistonda IT sohasining rivojlanishi va o‘sishiga hamda tadbirkorlarning ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, bugungi kunda IT Park rezidentlar soni 1309 ta tashkil etib, ularning eksport hajmi o‘tgan yilning I choragiga nisbatan 327 foizga oshib, 57,2 million dollarni tashkil etmoqda.

Manba: telegra.ph

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring