Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazir isroilliklar bilan nimalarni gaplashdi?

Vazir isroilliklar bilan nimalarni gaplashdi?

Foto: Mitc.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Isroilning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Zeavit Ben Hillel hamda Isroilning One Smart Star kompaniyasi hammuassisi va bosh direktori Xemi Tzubari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston prezidentining mamlakatni mintaqaviy IT-xabga aylantirish bo‘yicha topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida xorijning yetakchi mutaxassislari va IT-kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.

Galdagi uchrashuvda Isroil elchixonasi bilan hamkorlikda xorijiy kompaniyalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish va ular bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish bo‘yicha masalar muhokama qilindi.

Yoshlarni yetakchi xorij kompaniyalariga masofadan turib xizmat ko‘rsatish kasbiga, ya’ni autsorsing (BPO va KPO) xizmatlarini ko‘rsatishga o‘rgatish, keyinchalik ularni ish bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekistonning barcha hududlarida masofaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi autsorsing (BPO va KPO) markazlari tashkil etilayotgani ta’kidlandi.

Isroil kompaniyalari bilan ham ushbu yo‘nalishda ishlash, hamkorlik qilish hamda bor imkoniyatlardan unumli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring