“Uzbekistan Summer Program 2024” qatnashchilari taqdirlandi
Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinosari Rustam Karimjonov Janubiy Koreyaning Codemon tashkiloti tomonidan Sirdaryo viloyati hamda Toshkent shahrida 4-5-avgust kunlari tashkil etilgan “Uzbekistan Summer Program 2024” qatnashchilarini taqdirladi.
Mazkur o‘quv seminarda Sirdaryo viloyatidan 10 nafar ITga qiziqqan yoshlar hamda Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan 10 nafar volontyor yoshlar ishtirok etdi.
Taqdirlash marosimi yakunida Koreyadan tashrif buyurgan volontyor yoshlar sirdaryolik 10 nafar yoshlarga kompyuter sovg‘a qilindi.
Ma’lumot uchun: “CODEMON Foundation – Janubiy Koreyaning texnologiyalar orqali ta’limni rivojlantirishga bag‘ishlangan notijorat tashkiloti. “Summer Program” – bu Janubiy Koreya va qatnashuvchi davlatning o‘rta maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi hamkorlikda o‘tkaziladigan ikki kunlik dasturlash bo‘yicha o‘quv dasturidir. Shuningdek, ITga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida madaniy-ma’rifiy almashinuvlarga ko‘maklashish, yangi global do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyiha hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter