Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

GoDays, AloqaVentures portfel startapi Janubiy Koreyada yilning eng yaxshi startaplari qatoridan joy oldi

GoDays, AloqaVentures portfel startapi Janubiy Koreyada yilning eng yaxshi startaplari qatoridan joy oldi

GoDays jamoasi Janubiy Koreya Startaplar, Kichik va O‘rta Bizneslar Vazirligi tomonidan sentyabr oyida tashkil etilgan KSGC (K-Startups Grand Challenge) dasturida ishtirok etdi. 

3 oy davom etgan dasturda hakamlar tomonidan 20 ta eng yaxshi startaplar tanlab olindi va GoDays jamoasi ro‘yhatda 9-o‘rinni qo‘lga kiritdi. GoDays asoschisi, Yelnur Kaining ta’kidlashicha, loyiha dasturning keyingi bosqichi, ya’ni vazirlik yordamida Samsung, Hyundai kabi yirik korporatsiyalar bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish bosqichiga o‘tgan.

Dastur davomida GoDays J.Koreyaning Yonsei Universiteti va 11 ta yirik kompaniyalar bilan hamkorlik memorandumi imzoladi hamda dastur xavfsizligi bo‘yicha AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya va Yevropa mamlakatlarida amal qiluvchi sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring