Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Urganchdagi “Diz Max Project” kompaniyasi chet elga 3D, dizayn va arxitektura loyihalarini eksport qilmoqda

Urganchdagi “Diz Max Project” kompaniyasi chet elga 3D, dizayn va arxitektura loyihalarini eksport qilmoqda

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida Urganch shahridagi “Diz Max Project” MChJ masofaviy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanishdi.

Kompaniya 3D modellashtirish, interer dizayni va arxitektura loyihalarini AQSh va boshqa davlatlarga eksport qilish bilan shug‘ullanmoqda.

Yoshlarni IT sohasida o‘qitish va malakasini oshirish orqali shu joyning o‘zida ish bilan ta’minlab, xalqaro bozorga yo‘naltirish ishlari olib boriladi.

Vazir korxona faoliyati bilan tanishish davomida yoshlarni bu sohaga keng jalb etish hamda ularni yuqori maoshli ish bilan ta’minlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring