Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi Inha universitetida rahbarlar uchun o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Inha universitetida rahbarlar uchun o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi

Foto: Digital.uz

Toshkent shahridagi Inha universitetida Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari uchun qisqa muddatli o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kurs BMT “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida O‘zbekiston reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi mamlakatimiz rahbarining 2023 yil 14 sentyabrdagi qarori doirasida tashkil etildi. 

Tadbirda Toshkent shahridagi Inha universiteti professorlari Jun S.Li, Xon Jon, Xose Tongzon, shuningdek, Amiti universiteti professorlari Kayatri Devi Devprasad va Gaurav Aggarval tomonidan ma’ruzalar va sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish mavzusida taqdimotlar o‘tkazdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring