Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizda IT sohasidagi yosh tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi

Termizda IT sohasidagi yosh tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Termiz shahridagi “London Academy” va “REKORD MIR” korxonalarida bo‘lib, ushbu korxonalar asoschilari bo‘lgan IT sohasidagi yosh tadbirkorlar bilan uchrashdi.

“REKORD MIR” MChJ 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda IT sohasida faoliyat yurituvchi yoshlarni bandligini ta’minlagan. Korxona ichki bozorga dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishga hamda IT ta’lim yo‘nalishiga ixtisoslashgan.

“London Academy” 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, IT va chet tillarini o‘qitishga ixtisoslashgan.

Uchrashuv davomida vazir korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi hamda yosh tadbirkorlarga xizmatlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring