Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sun’iy intellektning feyk ma’lumot hamda dezinformatsiyalar tarqatilishida ijobiy va salbiy jihatlari

Sun’iy intellektning feyk ma’lumot hamda dezinformatsiyalar tarqatilishida ijobiy va salbiy jihatlari

“Axborot xizmatlari 2024: milliy va xorijiy tajriba” qo‘shma o‘quv-seminarining uchinchi ish kunida tashkil etilgan media-treningda “Zamonaviy media makonda axborot uzatishda sun’iy intellekt va ijtimoiy tarmoqlar platformalaridagi yangi imkoniyatlar” to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Sayyora Ibragimova sun’iy intellekt haqida umumiy tushunchalarni asoslab, jahonda va O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalanish darajalari qiyosiy tahlillarda ko‘rsatib berdi. Shuningdek, Axborot xizmatlari ishini yengillatadigan, foydali ilovalarni tavsiya qildi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Fazliddin Anvarov mamlakatimizda axborot vositalarida sun’iy intellektning roli yuzasidan ma’lumot berdi.

Xususan, sun’iy intellektning rivojlanish bosqichlari, ushbu sohadagi innovatsion loyihalar, yangiliklar, “President Tech Award”, axborot tarqatishda SIning afzalliklari,  tahdidlari, sun’iy intellekt taraqqiyotida OAV kelajagi boshqa ahamiyatli masalalar bo‘yicha gapirib o‘tdi.

“Yangi O‘zbekiston” universiteti Ta’lim va akkreditatsiya bo‘limi mudiri Islom Elhadariy sun’iy intellekt yordamida yaratilayotgan dipfeyklar, soxta tasvirlar, xabarlar, global axborot maydonida feyknyuslar oqimida sun’iy intellekt ta’siri haqida taqdimot qildi.

Sun’iy intellekt yordamida kontent yaratish bo‘yicha amaliy misollar keltirib, yolg‘on xabarlarni farqlashga ko‘maklashadigan ilovalar bilan tanishtirdi.

Qo‘shma-seminar o‘zaro muloqot va savol-javoblar bilan samarali bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring