Sun’iy intellekt imkoniyatlari va muammolari bo‘yicha JIDU ilg‘or talabalari bilan ochiq dars tashkil etildi
Sun’iy intellekt imkoniyatlari va muammolari bo‘yicha JIDU ilg‘or talabalari bilan ochiq dars tashkil etildi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar uchun “Zamonaviy xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston manfaatlari” nomli maxsus kurs tashkil etildi. Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda universitet rektori Sodiq Safoyev ishtirok etdi.
Bu kursning maqsadi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi barqaror ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashdagi rolini chuqurroq o‘rganishdir.
Ushbu kurs doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “AI and Industry 4.0: Opportunities and Threats” mavzusida ma’ruza qildi. Vazir nutqida sun’iy intellektning hozirgi holati va O‘zbekistonning bu sohadagi yetakchilikka erishish yo‘llarini muhokama qildi.
Vazir AI ning imkoniyatlari haqida gapirar ekan, bu texnologiya O‘zbekiston uchun katta imkoniyatlar ochib berishini qayd etdi, biroq u bilan birga keladigan mummolar, jumladan, ish o‘rinlarining qisqarishi va iqtisodiy tengsizlikni ham eslatib o‘tdi. O‘zbekistonning bo‘yicha strategiyasini ishlab chiqish va geosiyosiy raqobatda AI imkoniyatlaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Vazir Sh. Shermatov, shuningdek, talabalar uchun mahsuldorlikni oshirishda sun’iy intellekt vositalarining ahamiyatini ta’kidladi. Talabalar AI vositalaridan foydalanib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishda qanday foyda ko‘rishlari mumkinligini ko‘rsatib berdi.
Ma’ruza yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar va vazir ularga atroflicha javoblar qaytarib, AI bo‘yicha kelgusidagi yo‘nalishlar yuzasidan yanada chuqurroq tushunchalar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter