School 21 da IT sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan Women Empowerment Week in Tech loyihasi boshlandi

Kecha Samarqand shahridagi School 21 kampusida IT va raqamli sohada karera qurishni maqsad qilgan qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan to‘rt kunlik ta’lim loyihasi – Women Empowerment Week in Tech o‘z ishini boshladi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida School 21 raqamli texnologiyalar maktabi tomonidan tashkil etilgan.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Gender tenglik va boshqaruv indeksida (GEGI) 103-o‘rindan 52-o‘ringa ko‘tarildi. Bu xotin-qizlarning ta’lim, tadbirkorlik va texnologiya sohalaridagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tufayli amalga oshirildi. Women Empowerment Week in Tech haftaligi qizlarga texnologiyalar sohasiga dadil kirib borish, zarur bilimlarni egallash va raqamli dunyoda o‘z o‘rnini topishga yordam berish maqsadida tashkil etilgan.
Batafsil: https://digital.uz/oz/news/view/39689
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter