Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samolyotlarda Wi-Fi 2028-yildan boshlab butun Rossiya bo‘ylab mavjud bo‘ladi

Samolyotlarda Wi-Fi 2028-yildan boshlab butun Rossiya bo‘ylab mavjud bo‘ladi

Foto: Habr

Rossiya raqamli rivojlanish vaziri Maqsut Shadayev 2028-yilga borib rus samolyotlari bortida Wi-Fi barcha yo‘lovchilar uchun mavjud bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda u "Rossiyaning raqamli sanoati " (SIPR-2024) konferensiyasida aytib o‘tdi.

Shadayevning ta’kidlashicha, Wi-Fi tarmog‘ini joriy etish 2028-yilga mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldosh turkumi uchirilgandan keyin mumkin bo‘ladi. U barcha rus samolyotlari bortida ushbu texnologiya muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.

Avvalroq “Rossiya temir yo‘llari” bosh direktorining o‘rinbosari Yevgeniy Charkin Rossiyaning raqamli sanoati konferensiyasida kompaniya poyezdlarda sayohat qilishda Internetga ulanishni yaxshilash uchun Radio Ethernet  texnologiyasi bilan birgalikda 5G tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring