Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Raqamli shaxsiy guvohnoma qanday imkoniyatlar taqdim etadi?

Raqamli shaxsiy guvohnoma qanday imkoniyatlar taqdim etadi?

Foto: Digital Russia

Rossiya prezidenti Vladimir Putin FSB va Ichki ishlar vazirligiga 1 mayga qadar Rossiya fuqarosining raqamli shaxsiy guvohnomasidan foydalanish bo‘yicha farmon loyihasini taqdim etishni topshirdi.

Raqamli transformatsiya vazirligi 2021-yilda Rossiya fuqarosining elektron pasporti bo‘yicha prezident qarori loyihasini e’lon qilgandi. Bunday pasportlarni smart-karta va QR-kodli ilovalar ko‘rinishida berish joriy yilning oxiridan boshlanishi taxmin qilingan edi. O‘sha yili pasportda fuqaro to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan chip (fotosuratlar va barmoq izlari) o‘rnatilishi kerak edi.

Ukraina voqealari va G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalaridan so‘ng loyiha muzlatib qo‘yildi. Chiplar yetishmasligi sabab ham elektron pasportdan voz kechishga qaror qilishgan. Yana bir omil moliyaviy tomonga borib taqaladi: raqamli pasportning narxi 1 ming rubl, qog‘ozi esa 300 rubl.

Loyihaga ko‘ra, 2030-yilga kelib sayyoramizdagi barcha insonlarni raqamli identifikator bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Bundan hujjatsiz kishilarga yordam berish, shuningdek, turli mamlakatlardan kelgan qochqinlarga mezbon davlatda ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoni ko‘zlanadi.  

Agar u amalga oshsa, hech bir tashkilot, hatto davlat ham shaxsiy ma’lumotlarga to‘liq kirish huquqiga ega bo‘lmaydi. O‘zi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish yoki o‘zgartirishlar kiritish huquqini faqat pasport egasi berishi mumkin.

Platformaning pilot versiyasini 2020-yilga qadar yakunlash rejalashtirilgan edi. Blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda u barcha mavjud identifikatsiya yozuvlarini saqlash tizimlarini birlashtiradi. Bu esa foydalanuvchilarga qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar shaxsiy ma’lumotlariga kirish imkonini beradi. Masalan, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasiz va ta’lim diplomisiz o‘z mamlakatini tark etgan qochqinlarga ushbu tizim ayni muddaodir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring