Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamlashtirish vaziri “Naver AI Innovation Center” innovatsion markazi rahbariyati bilan uchrashdi

Raqamlashtirish vaziri “Naver AI Innovation Center” innovatsion markazi rahbariyati bilan uchrashdi

Foto: Digital.uz

Markaz rahbari Xa Jung-vu bilan bo‘lib o‘tgan muzokarada “Naver Cloud” kompaniyasining faoliyati, “Naver AI Innovation Center” sun’iy intellekt innovatsion markazining tashkil etilishi tajribasi, hozirda “bulut tizimi” va sun’iy intellekt texnologiyalarining Koreya Respublikasi va dunyoda rivojlanish istiqbollari, kompaniyaning “bulut texnologiyalari”ni chet el AyTi bozorlari, xususan, O‘zbekistonga olib chiqish bo‘yicha rejalari muhokama qilindi.

Shuningdek, markaz rahbari Xa Jung-vu vazirlik vakillarini “Naver Cloud” kompaniyasining Sejong shahrida 1-bosqich qurilishi yakunlangan mamlakatdagi eng yirik ma’lumotlar markazini tashkil qilish tajribasi bilan tanishtirdi.

Shu bilan birga, vazirlik vakillari “Pangyo Techno Valley”da joylashgan “Naver Cloud” kompaniyasining ma’lumotlar markazi faoliyati bilan tanishishdi.

Ma’lumot uchun: “Pangyo Techno Valley” sun’iy intellekt innovatsion markazi “Naver Cloud Corporation” ning sun’iy intellektni ishlab chiqish va rivojlantirishga mas’ul tadqiqot va amaliyotga ixtisoslashgan markazi hisoblanadi. “ Naver Cloud Corporation ” 2009-yil 1-may kuni tashkil topgan.

Bundan tashqari, “Naver AI Innovation Center innovatsion” markazi bilan mamlakatimizda Davlat xizmatlari faoliyatini optimallashtirish maqsadida sun’iy intellektga asoslangan yangi yechimlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring