Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurilishda tuziladigan barcha shartnomalar raqamlashtiriladi

Qurilishda tuziladigan barcha shartnomalar raqamlashtiriladi

Foto: Xabar.uz

Bugun, 29 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida bo‘lib o‘tdi.

Unda ma’lum qilinishicha, qurilishni korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish maqsadida 1 iyuldan:

- qurilishda tuziladigan barcha shartnomalar raqamlashtiriladi;

- pudratchi tashkilotlar bajargan qurilish ishlari faqat soliq organiga taqdim etilgan elektron hisob-fakturadan kelib chiqib moliyalashtiriladi;

- ob’yektni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilib, dalolatnomalar “Shaffof qurilish” orqali tasdiqlanadi;

- 10 milliard so‘mdan ortiq loyihalar bo‘yicha subpudratchilarni faqat va faqat “Shaffof qurilish” tizimi orqali tanlash tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu tartib xalqaro moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarga ham tatbiq etiladi;

- ishlab chiqaruvchi ham, quruvchi ham, nazorat qiluvchi ham qayerda qaysi qurilish materiali qancha pul turishini onlayn kuzatib boradigan tizim bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring