Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘istondagi rezident korxonalar loyihalari bilan tanishildi

Qoraqalpog‘istondagi rezident korxonalar loyihalari bilan tanishildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog‘istonda joylashgan IT Park rezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdi. 

Tashrif davomida bir nechta korxonalarning faoliyati va ularning mintaqaviy rivojlanishga qo‘shayotgan hissasi haqida batafsil ma’lumot olindi.

“Orbita Uslug” MChJ: Ruxsatnoma.uz platformasi

Vazir “Orbita Uslug” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan Ruxsatnoma.uz platformasining ishlash tamoyillari bilan tanishdi. 

Ushbu platforma ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlikni oshirish va baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun mo‘ljallangan.

Platforma ishlab chiqarish jarayonlarini yanada xavfsiz va samarali qilish bilan birga, mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

“Aral Hub” MChJ: Innovatsion dasturlar

Shuningdek, “Aral Hub” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy dasturiy mahsulotlar bilan tanishdi. Ular orasida quyidagilar mavjud:

– CarScan – avtomobillarning texnik holatini va harakatini avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish;

– FaceScan – yuzni aniqlash texnologiyalari asosida xavfsizlik tizimlari;

– AICamera – sun’iy intellekt yordamida videokuzatuv va ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlari;

– Taksi – yo‘lovchi tashish xizmatlarini optimallashtirishga qaratilgan dastur.

Mazkur dasturlar xususiy sektor, maktabgacha ta’lim muassasalari va oliy ta’lim muassasalarida muvaffaqiyatli joriy etilgan va samaradorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.

Vazir ushbu loyihalarning ahamiyatini yuqori baholab, ularni yanada takomillashtirish va keng ommaga yetkazish bo‘yicha tavsiyalar berdi. 

Shuningdek, texnologiyalarning amaliy qo‘llanilishini kengaytirish, ularni foydalanuvchilar ehtiyojlariga moslashtirish hamda mintaqada IT sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan harakatlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring