Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda IT va masofaviy xizmatlar eksportini rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Qashqadaryoda IT va masofaviy xizmatlar eksportini rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyatida IT sohasini rivojlantirish va masofaviy xizmatlar eksportini kengaytirish bo‘yicha muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Viloyat hokimi Masofaviy xizmatlar eksport markaziga tashrif buyurib, soha vakillari hamda yosh mutaxassislar bilan uchrashdi. Tadbirda IT va xizmatlar eksporti yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalar vakillari ham ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuvda "NNT Express Inc” MChJ, “IT-call Qarshi” MChJ, “F-zone” MChJ “Roboticware” MChJ kabi kompaniyalar rahbarlari va mutaxassislari qatnashdi.

Uchrashuvda mahalliy IT kompaniyalarning eksport salohiyatini oshirish, global bozorlarga chiqish strategiyalarini ishlab chiqish va xorijiy mijozlar bilan ishlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, viloyatda IT sohasida bandlikni oshirish, yoshlarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularni xalqaro talablar asosida tayyorlash, dasturiy ta’minot, IT-startaplarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa xizmatlarni xalqaro miqyosda eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, xalqaro IT kompaniyalari va investorlarga viloyatdagi IT ekotizimining imkoniyatlarini tanishtirish, hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish va qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida viloyatda IT ekotizimini yanada kengaytirish, yoshlarning global texnologik bozorga chiqishiga ko‘maklashish, shuningdek, xorijiy kompaniyalar bilan aloqalarni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring