Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“O‘zbekkosmos” agentligi Xalqaro astronavtika federatsiyasiga a’zo bo‘ldi

“O‘zbekkosmos” agentligi Xalqaro astronavtika federatsiyasiga a’zo bo‘ldi

Foto: Digital.uz

Vatanimiz tarixi sahifasiga yana bir muhim voqea qo‘shildi. Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan 74-Xalqaro astronavtika kongressida Xalqaro astronavtika federatsiyasi assambleyasining navbatdagi sessiyasida “O‘zbekkosmos” agentligi Xalqaro astronavtika federatsiyasiga to‘la huquqli a’zo bo‘lganini e’lon qildi.

Xalqaro astronavtika federatsiyasi (IAF) xalqaro nodavlat, notijorat ilmiy tashkilot bo‘lib, u koinotni tinch maqsadlarda tadqiq qilish muammolari, shuningdek, huquqiy nuqtai nazardan raketa va kosmik masalalar bilan shug‘ullanadi.

Tashkilot 1950-yilda Parijda bo‘lib o‘tgan I Xalqaro Astronavtika Kongressida 8 ta davlat: Avstriya, Argentina, Buyuk Britaniya, Daniya, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya rahbarlari tomonidan tashkil etilgan.

IAF vazifalariga quyidagilar kiradi:

– tinchlik maqsadlarida kosmonavtikani rivojlantirishga ko‘maklashish;

– kosmonavtikaga oid ma’lumotlarni keng tarqatishda ko‘maklashish;

– keng jamoatchilikning kosmonavtikaga qiziqishini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash;

– xalqaro va milliy ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar va kompaniyalar orqali kosmik tadqiqotlarda ishtirok etishni rag‘batlantirish;

– kosmonavtika bilan bog‘liq fanning barcha sohalari bo‘yicha tadqiqotlarga bag‘ishlangan akademiyalar, institutlar va komissiyalarda faoliyatni rivojlantirish;

– xalqaro kongresslar, simpoziumlar, kollokviumlar va boshqa ilmiy majlislarni chaqirish;

– kosmonavtika va koinotni tinch maqsadlarda tadqiq qilish bilan bog‘liq barcha sohalarda tegishli xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.

Mamlakatimizning IAF a’zoligiga qo‘shilishi quyidagi imkoniyatlarni beradi:

– yetakchi kosmik davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan kosmik sohada hamkorlikni kengaytirish;

– mamlakatimizning jahon kosmik jamiyati tomonidan tan olinishi;

– moliyaviy imtiyozlar va bonuslar;

– elektron kutubxonadan bepul foydalanish imkoniyati va boshqalar.

Manba: digital.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring