Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ZoodMall orqali xorijga sotish imkoniyati bor

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ZoodMall orqali xorijga sotish imkoniyati bor

Foto: Digital.uz

13-iyul kuni Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos Zood (Shveysariyaning Orient Swiss kompaniyasi brendi) kompaniyalar guruhi bosh ijrochi direktori va direktorlar kengashi raisi Maykl Xoy, Zood kompaniyasining logistika bo‘yicha bosh direktori Askarbek Alshanbayev va Zood kompaniyasining Fargo yetkazib berish xizmati bo‘yicha direktori Azamat Abdullayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda erkin omborlar xizmatini joriy qilish orqali tashqi iqtisodiy faoliyatni raqamlashtirish, kichik va o‘rta biznesdagi tadbirkorlarning elektron tijoratdagi ko‘nikmalarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Zood kompaniyalar guruhi bosh ijrochi direktori tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ZoodMall platformasi orqali Iordaniya, Livan, Iroq va Pokistonga sotish imkoniyati mavjudligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, bugungi kunda elektron tijorat sohasini rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi. Uchrashuv yakuni bo‘yicha kelgusidagi uchrashuvlarga boshqa davlat idoralarini ham jalb qilishga va mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun: Zood kompaniyasi bosh shtab-kvartirasi Shveysariyada joylashgan, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq bozorlariga xizmat ko‘rsatadigan tez rivojlanayotgan moliya-texnologiya kompaniyasi bo‘lib, raqamli kreditlash tizimi orqali innovatsion va xavfsiz yechimlarni taklif qiladi. Zood kompaniyasi 10 million faol foydalanuvchiga (O‘zbekistonda 5 million) ega bo‘lgan va o‘z ichiga ZoodPay (moliyaviy-texnologik yechimlar), ZoodMall (elektron tijorat) va ZoodShip (elektron logistika) xizmatlarini oluvchi keng qamrovli ekotizim hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring