Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston vakillari “Raqamli hukumat” mintaqaviy forumida ishtirok etishdi

O‘zbekiston vakillari “Raqamli hukumat” mintaqaviy forumida ishtirok etishdi

Foto: eGovUz

Joriy yil 28-29-mart kunlari Ostona shahrida (Qozog‘iston) Xalqaro elektraloqa ittifoqining Raqamli hukumat bo‘yicha mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum MDHga a’zo davlatlar vakillari, hamkorlar va boshqa manfaatdor tomonlarni mintaqada texnologik rivojlanish sohasidagi hozirgi holat, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt hamda boshqa zamonaviy yechimlar, mavjud vaziyat va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni muhokama qilish uchun birlashtirdi.

Xalqaro tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Raqamli hukumat loyihalarni boshqarish markazi vakillari ishtirokida O‘zbekistonda raqamli transformatsiya bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Shu bilan birga mintaqada raqamlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shni davlatlar vakillari bilan hamkorlikning joriy hamda istiqboldagi rejalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Forum doirasida, shuningdek, Xalqaro elektraloqa ittifoqi va Qozog‘istonning Milliy axborot texnologiyalari (NITEC) kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari bo‘yicha ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring