Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nagoya iqtisodiyot universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladimi?

Nagoya iqtisodiyot universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladimi?

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Nagoya iqtisodiyot universiteti vakili professor Mikiko Matsumoto bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuvda Nagoya iqtisodiyot universiteti va Vazirlik huzuridagi universitetlar bilan yaqin yillarda yapon ta’lim standartlari asosida IT va sun’iy intellekt o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda universitet professor-o‘qituvchilari ishtirokida yapon tili va IT bo‘yicha onlayn kurslar tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. 

O‘z navbatida, vazir o‘rinbosari Rustam Karimjonov tomonidan vazirlikda raqamli ta’lim hamda sun’iy intellekt rivojlantirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Nagoya iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi kelishildi.

Hozirgi vaqtda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan qo‘shma dastur va Double degree mexanizmini yo‘lga qo‘yish ishlari amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.  

O‘z o‘rnida, Nagoya iqtisodiyot universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlik o‘rnatish taklif qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring