Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Miya falaji (DSP) ga chalingan bolalar uchun aqlli moslama yaratildi

Miya falaji (DSP) ga chalingan bolalar uchun aqlli moslama yaratildi

Foto: 4pda.to

Olimlar bosh miya falajiga chalingan bolalar uchun o‘lchami sozlanadigan dunyodagi birinchi oyoq ekzoskeletini (SLE) yaratishdi.

Analoglardan farqli o‘laroq, yangilik bolaning bo‘yi o‘sgani sari uning mushak-skelet tizimiga moslasha oladi.

Ekzoskelet o‘zining alyuminiy korpusi tufayli juda yengil va uch xil sozlanuvchi bo‘g‘inlar bilan jihozlangan.

Shuningdek, jamoa qurilmaga teleskopik silindrsimon mexanizmni ham o‘rnatishdi. 

Bu bosh-miya yarim falaji bilan kasallangan bolalarning turli jismoniy imkoniyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirildi.

Bundan tashqari, chaqaloqlar vaqt o‘tishi bilan o‘sib hisobga olib, ular tashqi trubaning uchida qisqich bilan vertikal kesma hosil qilishdi.

Natijada, qurilmaning uzunligini sozlash yanada osonlashdi.

Qurilma olinadigan tagliklar va yana bir qancha qo‘shimchalar bilan birga keladi.

Ayniqsa, qurilmaning favqulodda to‘xtatish tugmasi va yiqilish xavfini kamaytiruvchi sirpanmaydigan tagligi e’tirofga loyiq.

Bundan tashqari, muhandislar moslamaga bir qator mexanik funksiyalarni o‘z ichiga olgan yuqori samarali boshqaruvchini qo‘shdilar.

SLE allaqachon boshqa turdagi ekzoskeletlarga qaraganda ancha tejamkor va ko‘p qirrali ekanligini isbotladi. Bu esa uning yanada ommalashishiga sabab bo‘lmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring