Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli texnologiyalar sohasida 2023/2024-o‘quv yili uchun ajoyib tuhfa!

Raqamli texnologiyalar sohasida 2023/2024-o‘quv yili uchun ajoyib tuhfa!

Foto: Computerra

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Vazirlar Mahkamasi qarori (VMQ–206-son, 19.05.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq quyidagilar belgilanmoqda:

  • respublikada faoliyat yurituvchi davlat oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichni yakunlagan talabalari tanlov asosida qabul qilinadi;
  • birinchi o‘quv yilida kamida 60 nafar tinglovchi qabul qilinadi, keyingi yillarda tinglovchilar soni ehtiyojdan kelib chiqib oshirib boriladi;
  • ta’lim olish 34 hafta muddat davomida “Blended learning-aralash ta’lim texnologiyasi” asosidagi o‘quv dasturiga muvofiq tashkil etiladi.

Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:

  • birinchi bosqich — onlayn ariza va IQ test;
  • ikkinchi bosqich — imtihon;
  • uchinchi bosqich — suhbat.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalarga quyidagi shart-sharoitlar yaratiladi:

  • BHMning 4 baravari miqdorida har oyda bir marotaba rag‘batlantirib boriladi;
  • ta’lim olish muddatiga zarur kompyuter jihozlari (noutbuk) taqdim etiladi;
  • IT Park rezidentlari bo‘lgan tashkilotlarda amaliyotlarda qatnashish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab beriladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring