Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Microsoft Windows 11  22H2 tizimiga xizmat ko‘rsatishni tugatadi

Microsoft Windows 11  22H2 tizimiga xizmat ko‘rsatishni tugatadi

Microsoft 2022-yil sentyabrida chiqarilgan Windows 11 22H2 versiyasiga  2024-yil oktabr oyida xizmat ko‘rsatishni tugatadi.

Bu Home, Pro, Pro Education i Pro for Workstations versiyalariga ta’sir qiladi. Ushbu relizlar uchun oxirgi xavfsizlik yangilanishi oktyabr oyida chiqariladi. Shundan so‘ng, qurilmalar endi oylik xavfsizlik yangilanishlari yoki relizdan oldingi yangilanishlarni olmaydilar.

Shuningdek, shu kuni Windows 11 21H2 Enterprise, Education va IoT Enterprise versiyalariga xizmat ko‘rsatish tugaydi.

Microsoft foydalanuvchilarga xizmat tugash sanalari haqida ma’lumot olish uchun Windows Lifecycle  FAQ sahifasini ko‘rib chiqishni tavsiya qiladi.

Kompaniya xizmat ko‘rsatish muddati tugashiga yetgan yoki yaqinlashib qolgan qurilmalarda Windows 11 2023 yangilanishini avtomatik ravishda yangilashni boshladi.

Ushbu yangilanish qurilmalaringizni xavfsiz va sog‘lom saqlash uchun funksiyalar va yaxshilanishlarni o‘z ichiga oladi. Kompyuteringiz yangilanish talablariga javob berishini tekshirish uchun “PC Health Check” ilovasidan foydalanishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring