“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati, dolzarbligi va ahamiyati mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi markaziy apparati xodimlari, IT Park, shuningdek, tizimdagi agentlik, korxona, tashkilot va muassasalarning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limlari, Buxgalteriya hisobi, Ishlar boshqarmasi hamda Ichki audit xizmati xodimlari uchun o‘quv seminar o‘tkazildi.
Seminarda Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori S.Niyozova tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun mazmun mohiyati, Davlat boshqaruvida manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish va javobgarlik masalalari atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek, o‘quv seminarda Qonundagi asosiy tushunchalar, uning maqsadi va amal qilish sohasi, tashkilot xodimining manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarini tartibga solish chog‘idagi huquq va majburiyatlari, Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solinganligini tekshirish va nazorat qilish, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha cheklovlar, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari, Davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning vakolatlari, Odob-axloq komissiyasi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter