Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ma’lumotnomani mahalladan emas, my.gov.uz portalidan oling!

Ma’lumotnomani mahalladan emas, my.gov.uz portalidan oling!

Foto: Digital.uz

Esingizda bo‘lsa kerak, ilgari davlat ijtimoiy xizmatlaridan foydalanaman degan odamdan tashkilotlar bir qancha hujjatlar talab qilardi. Mahalladan “spravka”, poliklinikadan “086” so‘rab sarson bo‘lib yurgan kunlaringiz yodingizga tushgandir-a?

2021 yildan e’tiboran bu ortiqcha ovoragarchiliklarning ko‘pi bekor qilindi, jumladan, ma’lumotnoma talab etilishi ham. Lekin ayrim holatlarda, ma’lumotnoma asos bo‘lib xizmat qiluvchi muhim vaziyatlardagina, uni taqdim qilish shart.

Masalan, yordamga muhtoj oila qandaydir imtiyozlardan foydalanishi uchun kam ta’minlanganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma talab qilinganda, yana qog‘ozbozlikmi, deb qo‘l siltab qo‘ymay, uni my.gov.uz portali orqali onlayn olishi mumkin.

Men haqimda ma’lumot qayerdan olinadi, deya hayron bo‘lyapsizmi? Bari “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali shakllantirilgan. Sizning mushkulingizni oson qilish uchun bunday ma’lumotnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etish imkoniyati yaratilgan.

Aytgancha, ma’lumotnomani olish bepul va 12 oy davomida amal qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring