Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

"Loyiha boshqaruvi" mavzusi bo‘yicha uchrashuv o‘tkaziladi

Foto: Digitaledu_uz

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi "UzGeeks hamjamiyati"bilan hamkorlikda "Project Management" mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazadi.

"Meetup" quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan:

1. “Kirish so‘zi” - Rustam Karimjonov (Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari)

2. “Loyiha menejeri kim, u nimalarni bilishi kerak?” - Elbek Bahromov (PM, Sinaps);

3. “Jamoa boshqarish usullari” - Anvar Narzullayev (CEO, Mohirdev).

4. "AyTi jamoa qurish va loyihani boshqarish bo‘yicha maslahatlar" - Sardor Dushamov(CTO, Workly)

"Meetup"da ishtirok etish uchun UzGeeks saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Uchrashuv 30-mart soat 14:00 da Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Muminov ko‘chasi, 4A(Raqamli texnologiyalar vazirligi binosi)da bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring