Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori bilan IT Parkning eksportchi rezidentlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi

Prezident qarori bilan IT Parkning eksportchi rezidentlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi

Illyustrativ foto

O‘zbekiston Prezidentining “Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi (26.02.2024, PQ–87-son). Unga ko‘ra, quyidagilar belgilandi:

“Zero Risk” dasturi doirasida:

  • IT Park tavsiyanomasiga asosan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk ob’yektlari bo‘lgan bo‘sh binolar va maydonlar (xonalar) bir yilgacha muddatga tekin foydalanish huquqi asosida beriladi;
  • IT Park tomonidan xarid qilingan yangi kompyuter, boshqa texnika va jihozlar bir yilgacha muddatga tekin foydalanish huquqi asosida, keyinchalik ular 3 oylik davrda foizsiz bo‘lib to‘lash (xarid qilish) sharti bilan taqdim etiladi;
  • ish haqi xarajatlari mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlari soniga mutanosib ravishda bir yil muddatda 15 foizgacha miqdorda qoplab beriladi;
  • inson resurslarini rivojlantirish yo‘nalishida xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.

“Local to Global” loyihasi doirasida:

  • IT Park tomonidan bepul maslahat (eksport mentoring) xizmatlari ko‘rsatiladi;
  • jahon bozoriga chiqish yo‘nalishidagi xarajatlarning 50 foizgacha qismi chegaralangan miqdorlarda qoplab beriladi;
  • nufuzli xalqaro platformalar va ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish xarajatlarining yarmi qoplab beriladi;
  • “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida eksport yo‘nalishida talab yuqori bo‘lgan onlayn o‘quv kurslarida bepul o‘qish imkoniyati ta’minlanadi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning IT-salohiyatini jahon bozorida targ‘ib qilish, mamlakatimizga xorijiy kompaniyalarni va chet el buyurtmalarini keng jalb qilish maqsadida:

  • 2024 yilda Germaniya va Saudiya Arabistonida IT Parkning vakolatxonasi (filiallari) faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
  • xorijiy mamlakatlarda muntazam ravishda “O‘zbekiston IT-kunlari” xalqaro tadbirlari o‘tkaziladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring