Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT Park rezidenti — “Sitelabs company” ofisiga tashrif

IT Park rezidenti — “Sitelabs company” ofisiga tashrif

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Namangan shahrida joylashgan IT Park rezidenti — “Sitelabs company” faoliyati bilan tanishdi.

Ushbu ofisda 100 ga yaqin yoshlar yuqori daromadli ish bilan ta’minlangan va yiliga 1 million dollar atrofida eksportga erishish reja qilingan.

Qolaversa, kompaniya turli IT-xizmatlari: IT-autsorsing, dasturiy ta’minotni joriy etish, ma’lumotlarni bulutli saqlash, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanib keladi.

Tashrif davomida vazir kompaniya faoliyati bilan atroflicha tanishib, uning eksport hajmini kengaytirish, yangi startaplarni joriy etish, ko‘proq ishchi o‘rinlari yaratish yuzasidan takliflar berib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring