Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

iPhone 15 – jurnalistlar nigohida!

iPhone 15 – jurnalistlar nigohida!

Foto: Maxres

Ijtimoiy tarmoqlarda iPhone 15 va 15 Pro smartfonlari haqida ilk fikrlar paydo bo‘ldi.

IT nashrlarda faoliyat yurituvchi jurnalistlar iPhone 15 smartfonlari haqidagi ilk taassurotlari bilan bo‘lishib, qurilmalarning yangi funksiyalari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

iPhone 15 va 15 Plusni sinovdan o‘tkazgan jurnalistlar odatda yangi Apple qurilmalarida ko‘plab yangi funksiyalar paydo bo‘lganini ta’kidlashdi.

Pocket-Lint kanali mualliflari esa smartfonlardagi mat panelga ijobiy fikr bildirishdi. The Verge muxbiri Den Zeyfertning aytishicha, qurilmalarning Lightningdan USB-C ga o‘tishi foydalanuvchilar tomonidan uzoq vaqtdan buyon kutilgan olamshumul yangilik ekan.

Shuningdek, MobileSyrup portali mualliflari gadjetlar unumdorligi yanada oshganini alohida e’tirof etishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring