Chikagoda AQShdagi o‘zbek diasporasi uchun IT-konferensiya o‘tkaziladi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park IT-sohasida faoliyat yuritayotgan o‘zbek diasporasining barcha vakillarini 16-avgust kuni soat 11:00 da Chikago shahridagi Hyatt Place mehmonxonasida boshlanadigan konferensiyada ishtirok etishga taklif qildi.
Tadbirda O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, IT Park Uzbekistan bosh direktori Farhod Ibragimov va mamlakat AyTi-hamjamiyatining vakillari ishtirok etadilar.
Konferensiyaning asosiy maqsadi — O‘zbekistonning IT-autsorsing salohiyatini ommalashtirishdir. Uchrashuvda O‘zbekistonning IT-sohasidagi yutuqlari va imkoniyatlari, xususan, rivojlangan infratuzilma, iqtidorli mutaxassislar, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va boshqalar taqdim etiladi.
Ishtirokchilar respublika IT-sohasining investitsiya muhiti hamda O‘zbekiston va AQSh kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishlari, o‘z takliflarini bildirishlari, shuningdek, IT-kompaniyalar va IT-mutaxassislar uchun mavjud qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida fikr almashishlari mumkin.
Konferensiyada ishtirok etmoqchi bo‘lgan barcha xohlovchilar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter