Cambridge Universiteti vakillari bilan raqamli ta’lim sohasini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi
Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Cambridge Universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va zamonaviy IT ta’limiga asoslangan yangiliklarni O‘zbekistonga olib kirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Asosiy mavzulardan biri IT sohasiga qiziquvchi yoshlarni baholash tizimini yaratish taklif etildi. Ushbu tizim yoshlarning qobiliyatlarini ob’yektiv ravishda o‘lchash va ularga zaruriy bilim ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, mamlakatimizda IT yo‘nalishiga qiziquvchi iste’dodlarni aniqlash va rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, uchrashuvda Milliy IT standartlarini takomillashtirish va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarining sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha malakasini oshirish muhim yo‘nalish sifatida belgilandi. Bu kelajakda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va yetakchi IT mutaxassislarini tayyorlashda muhim qadam hisoblanadi.
Bundan tashqari, Cambridge universiteti vakillari bilan birgalikda malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish rejalashtirildi. Ushbu dasturlar zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimlarini joriy etish hamda IT sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlashni maqsad qilgan.
Uchrashuv natijasida IT sohasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi va O‘zbek yoshlari Cambridge universitetida to‘liq grant asosida hamkorlikda malaka oshirish dasturlarini joriy etishga kelishib olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter