"Bir million o‘zbek dasturchilari" loyihasiga bag‘ishlangan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi

Ushbu tadbir davomida 2025-2026-yillarda loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan asosiy maqsadlar va vazifalar batafsil muhokama qilindi.
Muloqot davomida jami 15 000 dan ortiq informatika va matematika o‘qituvchilari hamda IT sohasiga qiziquvchi yoshlar 4 ta ijtimoiy tarmoq orqali tadbirda qatnashishdi.
Muloqot davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
– Uzbekcoders.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tish va kurslarni boshlash bo‘yicha batafsil yo‘riqnomalar taqdim etildi;
– Vazirlik vakillari foydalanuvchilardan kelib tushgan savollarga javob berishdi;
– Faol informatika o‘qituvchilarini rag‘batlantirish uchun maxsus mexanizm haqida batafsil ma’lumot berildi.
Efirni o‘tkazib yuborganlar uchun to‘liq videoyozuvni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
YouTube: Uzbekcoders.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter