Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Apple saytlariga parolsiz kirish imkoni paydo bo‘ladi

Apple saytlariga parolsiz kirish imkoni paydo bo‘ladi

Foto: Shutterstock

Yangi qo‘shilgan funksiya bilan endi icloud.com va Apple.com saytlaridan foydalanish uchun parol kiritish shart emas. iOS 17 o‘rnatilgan iPhone o‘rniga autentifikatsiya qilish uchun Face ID yoki Touch IDdan foydalanish imkonini beradi.

9to5mac.com ma’lumotlariga ko‘ra, yangi iOS 17, iPadOS 17 va macOS Sonoma operatsion tizimlari iCloud va Apple saytlari uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan kalitni avtomatik ravishda belgilash imkonini beradi.

apple.com, appleid.apple.com yoki www.apple.com/shop/bag sahifalariga kirish uchun Apple ID bilan bog‘langan elektron pochta manzilini kiritganingizdan so‘ng “iPhone orqali tizimga kirish” tugmasini bosishingiz kifoya.

iOS 17 hozircha faqat beta-versiyasida mavjud, yakuniy versiyasi sentyabr oyida chiqishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring