Yoshlar "aqlli" smartfonlardan charchadi chog‘i... Oddiy telefonlar yana urfda!
AQShda funksiyalari cheklangan soddagina mobil telefonlar qayta tiklanmoqda. Ular faqat eng muhim vazifanigina bajaradi. Ya’ni, ular yordamida faqatgina qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish mumkin.
Bor-yo‘g‘i 20-50 dollar atrofidagi kamsuqum telefonlarning soni va xilma-xilligi AQShning uchta yirik kompaniyalari bo‘lmish AT&T, Verizon va T-Mobile tufayli ortib bormoqda.
Ishlab chiqaruvchilar o‘ziga xos xususiyatli telefonlarning OEM variantlarini izlamoqdalar va bu borada kichikroq brendlar bilan hamkorlikni sinab ko‘rishmoqda.
Counterpoint Research taxminlariga ko‘ra, 2023 yilda AQShda ana shunday maxsus telefonlar sotuvi 2,8 millionga yetishi mumkin. Bu borada esa ayni damda TCL va HMD brendlari yetakchilikni qo‘ldan boy bermayapti.
Albatta "soddagina" telefonlar ham bir qator kamchiliklardan xoli emas. Ayniqsa, ularning dizayni va xususiyatlari so‘nggi bir necha yil ichida unchalik o‘zgarmagan.
eSIM yoki NFC kabi xususiyatlarni qo‘shish oddiy mobil telefonlarni yanada ommalashtirishga yordam beradi.
Mahalliy aholi orasida BQ, Maxvi, Digma Texet va F + brendlarining modellari ham juda mashhur. Aytish joizki, 2023 yilning birinchi choragi tugmachali telefonlar uchun nihoyatda muvaffaqiyatli bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter