Yosh oilalar uchun raqamli interaktiv salonga ega – Geely Boyue Cool

Geely kompaniyasi Xitoyda Geely Boyue nomi bilan tanilgan yangi Geely Atlas oilaviy krossoverining birinchi rasmiy tasvirlari va texnik xususiyatlarini taqdim etdi. Xitoyda yangi model Geely Boyue Cool nomi bilan chiqariladi.
Kuchli Volvo dvigateliga ega ilk avtomobillar joriy yilning birinchi yarmida o‘z egalariga topshiriladi. Geely ishqibozlari aprel oyidan boshlab yangi krossoverga oldindan buyurtma berishlari mumkin.
Geely Boyue Cool asosan yoshlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u lyukli katta panoramali tomga va old qismi matritsali katta qora panjaraga ega.
Shuningdek, avtomobil Volvo va Geely tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan to‘rt silindrli,180 ot kuchiga ega 1,5 dvigatel hamda 7 pog‘onali DCT uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.
Orqa tomonida esa to‘rtta egzoz tizimi, yangi LED faralar va baland o‘rnatilgan tormoz chirog‘i mavjud.
Yangi avtomobilning saloni haqida to‘liq ma’lumotlar hali oshkor etilmagan, biroq Geelyning aytishicha, Boyue Cool to‘liq LCD asboblar paneli, katta markaziy boshqaruv ekrani va ko‘p funksiyali antibakterial rulni o‘z ichiga olgan “raqamli interaktiv kabina” konsepsiyasini taqdim etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter