"Volvo" haydayotib "YouTube" ko‘rishingiz mumkin

"Volvo" kompaniyasi "Google" bilan hamkorlikda avtomobilda video ko‘rish imkonini beruvchi platforma yaratyapti. Bu yo‘llar tig‘izligida, mashinani quvvatlantirishda, kimnidir kutib turganida haydovchiga videolar tamosha qilish imonini beradi.
Kompaniya ushbu platformadan mashina harakatsiz turganda foydalanishni, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni, ya’ni rulda payti videoga chalg‘ib qolmaslikni tavsiya qilmoqda.
"Volvo" axboriy-ko‘ngilochar funksiyalar bilan boshqa elektr mashinalardan ajralib turmoqchi. Foydalanuvchilar boshqa navigatsion dasturlar va ovozli yordamchilarni ham ko‘chirib olishlari mumkin.
Kompaniya mutasaddilari yangi funksiya haydovchilarga yoqishi, endi ular ko‘p vaqtlarini sevimli mashinalarida o‘tkazishini taxmin qilmoqdalar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter