Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangicha poverbank — faqat energiyani emas, xotiraniyam saqlaydi

Yangicha poverbank — faqat energiyani emas, xotiraniyam saqlaydi

Foto: Rozetked.me

The ANX Team startap-kompaniyasi noodatiy gadjet chiqardi. ANX Duo deb nomlangan bu qurilma buklanuvchi poverbank bo‘lib, unda har biri 15 Vt gacha ikkita simsiz quvvatlash joyi (Qi), beshta USB-C port (bittasi 65 Vt, qolganlari 30 Vt) bor.

Jami quvvatlash tezligi — 100 Vt gacha, sig‘imi — 16 000 mAs.

Bu oddiy poverbank emas, uning xotirasi ham bor: sig‘imi 128 Gb dan 4 Tb gacha SSD (tezligi 1 Gb/s).

Ayni paytda Kickstarter platformasida kraudfanding kampaniyasi boshlangan, ilk xaridorlar uchun boshlang‘ich 69 dollar narx belgilangan, chakana savdodagi narxlari: $99 (128 Gb)dan $219-349 (4 Tb) gacha. Ilk gadjetlarni egalariga yetkazish 2024-yilning fevralidan boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring