Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xiaomi emas – Xiaoxin Pro 2024!

Xiaomi emas – Xiaoxin Pro 2024!

Foto: 4PDA

Lenovo o‘zining Xiaoxin noutbuklarini so‘nggi Intel Core Ultra seriyali protsessorlari bilan jihozladi.

Xiaoxin Pro 14 – katta hajmdagi xotira, yuqori aniqlikdagi ekran va keng turdagi portlarni o‘z ichiga olib, o‘lchamlari 2,8K, yangilanish tezligi 120 Gts, yorqinligi esa 600 nits bo‘lgan 14 dyuymli OLED displey bilan jihozlangan.

Noutbuk ikkita protsessor konfiguratsiyasiga ega: Intel Core Ultra 5 125H yoki Intel Arc grafikasi bilan ulangan Core Ultra 7 155H.

LPDDR5X standartidagi operativ xotiraning maksimal miqdori 32 GB (7467 MT/s) ni tashkil qiladi. Shuningdek, 1 TB SSD va PCIe 4.0 M.2 drayveri uchun qo‘shimcha slot ham mavjud.

Noutbuk 25 soatlik video tomosha qilish uchun yetarli bo‘lgan 84 Vt quvvatga ega akkumulyator bilan ishlaydi.

Interfeyslar Thunderbolt 4 ni qo‘llab-quvvatlaydigan ikkita USB Type-C porti, ikkita USB Type-A, bitta HDMI va SD kartalarni o‘qish uchun slotni o‘z ichiga oladi.

Lenovo Xiaoxin Pro 14 2024 noutbukining narxi va chiqarilish sanasi hali e’lon qilinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring