Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toyota dunyo bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

Toyota dunyo bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

Foto: Ixbt.com

JATO Dynamics ma’lumotlariga ko‘ra, Toyota dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi deb tan olindi. Boisi 2022 yilda sotilgan har 100 ta avtomobildan 13 tasi Toyota tomonidan ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, avtomobil ishlab chiqaruvchisi AQSh va Yaponiyani ortda qoldirib, ayni paytda eng katta Xitoy bozoridagi kuchli ko‘rsatkichlar tufayli global savdo hajmini 0,3% ga oshirdi.

Savdolarning 43 foizi Shimoliy Amerikada, 33 foizi Xitoyda sotilgan. Toyota RAV4 avtomobillarining 9 foizini yevropaliklar sotib olgan.

Toyota Corolla sedani esa 992 000 ta avtomobil sotib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rinni Tesla Model Y elektromobili egalladi, uning savdosi 91 foizga o‘sdi va 747 mingta avtomobilni tashkil etdi.

Shuningdek, kuchli beshlikdan 733 ming dona avtomobil sotgan Honda CR-V hamda 673 ming dona avtomobil savdosi bilan Toyota Camry ham o‘rin egalladi.

Toyota Hilux, Nissan Sentra, Toyota Corolla Cross, Ford F-150 va Tesla Model 3 avtomobillari esa Top 10 talikka kirdi..

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring