Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tesla haydovchilari rulda uxlab qolmaydi, chunki...

Tesla haydovchilari rulda uxlab qolmaydi, chunki...

Foto: Drivenn.ru

Aslida bu texnologiya Tesla uchun yangilik emas. 2021 yildan beri uning avtomobillarida salon kameralari mavjud. U haydovchi nigohiga qaratilgan bo‘lib, mobil telefon va yo‘ldagi manzaralarga ortiqcha chalg‘imasligini nazorat qilib turadi.

Endi uning dasturiy ta’minoti takomillashtirilgan bo‘lib, kamera haydovchini faol kuzatadi. Faqat nigohigina emas, butun holati nazoratda bo‘ladi.

Masalan, haydovchi esnagani, ko‘zini ko‘proq yumib turgani, gavdasining bir tomonga og‘ganidan uyqusi kelayotganini to‘g‘ri taxmin qila oladi. Maqsad - yo‘l-transport hodisalarining oldini olish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring