Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Talabalar yasagan vodorodli avtomobil rekord masofani bosib o‘tadi

Talabalar yasagan vodorodli avtomobil rekord masofani bosib o‘tadi

Foto: Auto.24tv

Tajribaviy vodorod bilan ishlaydigan avtomobil bitta yoqilg‘i bakida bosib o‘tgan masofa bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi.

Delft texnologiya universiteti talabalari Eco Runner XIII vodorod avtomobilining eksperimental modeli bilan jahon rekordini o‘rnatdilar. Sinovlar davomida u bir marta to‘liq bakni to‘ldirib, 2488 km yo‘l bosib o‘tdi.

Sinov boshlanishidan oldin unga 950 g vodorod to‘ldirildi. Mashina katta yo‘l bo‘ylab o‘rtacha 45 km/soat tezlikda harakatlandi. Talabalar o‘z oldiga qo‘ygan asosiy vazifa avvalgi rekord - 2056 km ni yengish edi. Mashina 2488 km atrofida to‘xtaganida niyatlariga yetishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring