Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Takomillashgan Bard pulli bo‘ladi

Takomillashgan Bard pulli bo‘ladi

Foto: 3dnews

Google o‘zining Bard botining Bard Advanced deb nomlangan ilg‘or versiyasini ishlab chiqmoqda. U Google One obunasining bir qismi sifatida taqdim etiladi va pulli bo‘ladi. 

Sun’iy intellektning yangi talqini Gemini Ultra modeliga asoslangan. Gemini Pro o‘rta darajadagi til modeli ustiga qurilgan Bardning joriy versiyasiga qaraganda botning yangi versiyasini yanada rivojlantiradi. Bard Ultra ilg‘or matematika va fikr yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan kattaroq til modelidir.

Google chat-bot uchun yanada optimallashtirilgan va ilg‘or so‘rovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi yangi sun’iy intellekt xususiyatini taqdim etishi mumkin. Endi murakkab vazifalarni bajarish, masalan, matn tavsifidan tasvirlar yaratish imkoni tug‘iladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring