Smartfoningizga go‘sht aynigani haqida xabar keladi

Har yili dunyo bo‘ylab oziq-ovqatlarning uchdan bir qismi isrof qilinarkan. Bu taxminan 1,4 milliard tonna yegulikdir. Turkiyadagi Koch universiteti tadqiqotchilari oziq-ovqatning yangiligini real vaqt rejimida simsiz va batareyasiz kuzatuvchi, so‘ng natijalarni smartfonga yuboruvchi qurilma ishlab chiqishdi.
Go‘sht, tovuq va baliq kabi oqsilga boy oziq-ovqatlar buzila boshlaganda zaharli organik birikmalar hosil qiladi. Ularni aniqlash uchun xodimlar tomonidan boshqariladigan qimmat, shu bilan birga ko‘tarib yurishning iloji bo‘lmagan katta asboblar kerak bo‘ladi. Yangi ixtiro qilingan sensorning og‘irligi esa taxminan 2 gramm, o‘lchami 2 sm².
Tadqiqotchilar sensorni qadoqlangan tovuq go‘shtida sinab ko‘rishdi. Natijada u supermarketlar peshtaxtalarida yoki uyda oqsilga boy oziq-ovqatlarni doimiy monitoring qilish imkonini beradi, degan xulosaga keldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter