Istanbul Financial Center tajribasi o‘rganildi va hamkorlik istiqbollari muhokama etildi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatov hamda Istanbul Financial Center (IFC) Bosh direktori Axmet Ixsan Erdem o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvni o‘tkazishdan maqsad IFC tajribasi asosida Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish doirasida raqamli texnologiyalar va finteks sohasida xalqaro standartlarini moslashtirish, boshqa davlat tashkilotlari bilan hamkorlik mexanizmlari va mutaxassilarni o‘qitish, O‘zbekistonni mintaqaviy IT HUBga aylantirishda xalqaro moliya maydonidagi rolini kuchaytirish va iqtisodiy o‘sish uchun yangi imkoniyatlar yaratishdan iborat edi.
Uchrashuvda IFC ning boshqa davlat tashkilotlari bilan hamkorlik mexanizmlari hamda xalqaro moliya bozorlaridagi tajribasini o‘rganish va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter