Smartfon batareyalari qizib ketmaydigan bo‘ldi

Sankt-Peterburg davlat universiteti olimlari batareyalarni yong‘in va qizib ketishdan himoya qiluvchi polimer qoplama yaratdilar.
Ixtiro nikel atomlarini o‘z ichiga olgan maxsus moddadir. Polimer qatlami katod va anod o‘rtasida joylashgan. Agar kuchlanish ruxsat etilgan chegaradan oshsa, bu polimer oksidlanadi va elektr tokini o‘tkazishni to‘xtatadi, ya’ni batareyaning haddan tashqari qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Rossiyada har yili smartfonlarda 120 tagacha yong‘in yoki batareya portlashi qayd etiladi. Shu bois bu muammo dolzarbdir.
Olimlar himoya polimerli akkumulyatorning yangi turini sinovdan o‘tkazishdi. Bu uchun aqlli soatlarda qo‘llaniladigan kichik tanga o‘lchamdagi akkumulyatorni tanlashdi. Natijaga ko‘ra, agar kuchlanish 2,8 voltdan 5 voltgacha bo‘lgan diapazondan tashqarida bo‘lsa, himoya 100% samarali bo‘ladi.
Kelajakda ular texnologiyani kattaroq gadjetlarda, jumladan, smartfon, noutbuk va planshetlarda qo‘llashni rejalashtirmoqda. Tadqiqot mualliflari polimer himoya akkumulyatorlarning sig‘imi va boshqa xususiyatlariga deyarli ta’sir qilmasligini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter