Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng kuchli android-smartfon taqdim etildi, narxi — 520 dollar

Eng kuchli android-smartfon taqdim etildi, narxi — 520 dollar

Foto: iQOO

iQOO kompaniyasi ayni paytda  AnTuTu benchmarkida eng kuchli smartfonlar reytingini boshqarayotgan Neo 8 Pro flagmanining yangilangan talqinini taqdim etdi.

Yangilangan Neo 8 Pro flagmani 16 GB operativ, 1 TB ichki xotiraga ega. Qizig‘i, bu qurilmaning narxi 520 dollar, ya’ni o‘ziga o‘xshagan smartfonlardan 1,5-2 baravar arzon.

Kompaniya kecha, 9-iyundan yangilangan flagmanga oldindan buyurtma olishni boshladi.

iQOO Neo 8 Pro smartfoniga Dimensity 9200+ (MediaTek) protsessori o‘rnatilgan, OLED-ekrani 1,5K yechimga ega, yangilanish chastotasi — 144 Gs.

Smartfonning asosiy kamerasi qo‘shaloq — 50 va 8 Mp. Akkumulyatori sig‘imi — 5000 mAs, 120 Vt tezkor quvvatlagichi bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring